1 Korinfliklarga 13:1-13

  • Sevgi eng oliy yo‘l (1-13)

13  Bordi-yu, insonlar va farishtalar tillarida gapirsam-u, ammo sevgim bo‘lmasa, yangraydigan mis cholg‘udan, jaranglaydigan zildan* farqim qolmaydi.  Agar bashorat qilish in’omiga ega bo‘lsam, barcha muqaddas sirlar-u bilimlarni bilsam+, tog‘larni ko‘chira oladigan imonim bo‘lsa-yu, lekin sevgim bo‘lmasa, men hech kim emasman+.  Agar boshqalarni to‘yg‘azish uchun butun mol-mulkimni taqsimlab bersam+ hamda faxrlana olishim uchun o‘z hayotimni fido qilsam-u, sevgim bo‘lmasa+, buning menga hech qanday foydasi yo‘q.  Sevgi+ sabr-toqatli+ va mehribondir+. Sevgi rashk qilmaydi+, maqtanmaydi, kekkaymaydi+,  odobsizlik* qilmaydi+, o‘z manfaatini ko‘zlamaydi+, achchiqlanmaydi+, xafagarchiliklarni hisoblab yurmaydi+,  adolatsizlikka sevinmaydi+, balki haqiqat ila quvonadi.  Sevgi har narsani ko‘taradi+, hamma narsaga ishonadi+, har narsaga umid qiladi+, hamma narsaga chidaydi+.  Sevgi hech qachon tugamaydi*. Har qanday bashoratgo‘ylik, turli tillarda gapirish yoki bilimdonlik in’omlari esa bekor qilinadi.  Chunki bilimimiz ham+, bashoratgo‘yligimiz ham to‘liq emas. 10  To‘liq bilimga va to‘liq bashoratgo‘ylikka ega bo‘lganimizda, to‘liq emasi bekor qilinadi. 11  Men bolaligimda bola kabi gapirar, bola kabi o‘ylar, bola kabi fikr bildirar edim. Voyaga yetgach esa bolalikka xos narsalarni qoldirdim. 12  Hozir biz go‘yo xira ko‘zguga qaragandek ko‘ryapmiz, ammo o‘shanda aniq* ko‘ra olamiz. Hozir mening bilimim to‘liq emas, lekin o‘sha vaqtda bilimim Alloh meni qanday yaxshi bilsa, shunday to‘liq bo‘ladi. 13  Shunday ekan, ushbu uch narsa qoladi: imon, umid va sevgi. Biroq sevgi+ eng a’losidir.

Izohlar

Bir-biriga urib chalinadigan, metall disklar shaklidagi musiqa asbobi.
Yoki «qo‘pollik».
Yoki «mag‘lub bo‘lmaydi».
So‘zma-so‘z «yuzma-yuz».