Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Muqaddas Kitobga asoslangan dramani tasvirga olish uchun Maunt-Ebodagi studiyaga 27500 kilogrammdan ziyod maydalangan tosh keltirildi.

XAYR-EHSONLAR QAY YO‘SIN SARFLANADI?

2020-yilning «Hamisha quvoninglar!» nomli hududiy anjumani uchun videolarni tayyorlash

2020-yilning «Hamisha quvoninglar!» nomli hududiy anjumani uchun videolarni tayyorlash

2020-YIL 10-AVGUST

Hududiy anjumanlarimizdagi videolar qalbimizga ta’sir qiladi va ular yordamida Muqaddas Kitob ta’limotlarini yaxshiroq tushuna olamiz. 2020-yilgi «Hamisha quvoninglar!» nomli hududiy anjumanda 114ta video va 43ta nutq bo‘ldi. Nutqlarni Yetakchi kengash a’zolari va ularning yordamchilari so‘zladi. Bu videolarni tayyorlash uchun qancha ko‘p kuch va mablag‘ sarflangani haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Anjuman dasturining tayyorlanishida butun dunyo bo‘ylab taxminan 900ta birodar-u opa-singlimiz qatnashdi. Bu loyihaga 2-yildan oshiqroq vaqt ketdi. Umuman olganda, imondoshlarimiz taxminan 100000 soatni bunga sarfladi. «Naximiyo. Yahova berayotgan quvonch qo‘rg‘oningizdir» nomli 76 daqiqali Muqaddas Kitobga asoslangan dramaning tayyorlanishiga 70000 soat sarflandi.

Loyihani tugatish maqsadida fidoyi ixtiyoriy xizmatchilarga g‘amxo‘rlik qilish, ularga texnik yordam, qurilmalar va joy taqdim etish uchun ham ancha pul ketdi.

Audio-videolarni yozish bo‘limida xizmat qilayotgan Jared Gossman birodarimiz shunday deb aytdi: «Yetakchi kengashning Maorif qo‘mitasi videolarimizda turli madaniyatlar va joylar ko‘rsatilishini xohlayapti. Biz umumjahon birodarlikka egamiz va uning chiroyi videolarimizda aks etishini judayam istaymiz. Ushbu maqsadga erishish uchun 11ta turli mamlakatdan bo‘lgan 24ta jamoa ushbu loyiha ustida birgalikda ishladi». Ushbu umumjahon ulkan loyiha uchun anchagina mablag‘ kerak edi va ishni rejalashtirish hamda nazorat qilish kutilardi.

Shuningdek, aksariyat videolarimiz uchun maxsus asbob-uskunalar va dekoratsiyalar kerak edi. Masalan, «Naximiyo. Yahova berayotgan quvonch qo‘rg‘oningizdir» nomli dramani tasvirga olish uchun dekoratsiyalar Patterson (Nyu-York, AQSH) yaqinidagi Maunt-Ebodagi studiyada tayyorlangan edi. Xayr-ehsonlardan to‘g‘ri foydalanib, o‘sha dramani tarixiy jihatdan aniq gavdalantirish uchun ko‘p harakat qilindi. Birodarlarimiz yengil qurilish materiallarini qo‘llab qadimgi Quddusnikiga o‘xshash devorlar yasashgan. Har bir devorning balandligi 6 metr bo‘lgan. Ular yog‘ochdan yasalgan, keyin esa qurilishda ishlatiladigan ko‘pik bilan qoplangan va toshga o‘xshatib qo‘yilgan. Birodarlar o‘sha devorlarni dramaning har xil sahna ko‘rinishlarida qo‘llash uchun bir joydan ikkinchisiga ko‘chira olishardi. Bu tufayli qo‘shimcha dekoratsiyalarga hojat yo‘q edi. Shunday bo‘lsa-da, bu dramaning o‘ziga deyarli 100000 AQSH dollari sarflandi *.

Mazkur tafsilotlarni bilish bu yilgi hududiy anjuman dasturi uchun yanada minnatdor bo‘lishga bizni undayapti. Dasturni tayyorlash uchun qilingan mehnat Yahovaga sharaflar keltirganiga aminmiz. donate.dan124.com sayti va boshqa yo‘llar orqali saxiylik ila umumjahon faoliyatga xayr-ehson qilganingiz uchun juda minnatdormiz.

^ 5- x.b. «Naximiyo. Yahova berayotgan quvonch qo‘rg‘oningizdir» nomli dramaning inshootlari COVID-19 pandemiyasidan oldin yasalgan. U paytda o‘zaro masofa saqlashning keragi yo‘q edi.