Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

XAYR-EHSONLAR QAY YO‘SIN SARFLANADI?

Ma’naviy ozuqani yetkazuvchi qurilma

Ma’naviy ozuqani yetkazuvchi qurilma

2020-YIL 1-SENTABR

Hozirda Yahovaning Shohidlari ma’naviy ozuqani elektron shaklda har qachongidan ham ko‘proq olmoqda. Ammo dunyoning ko‘pgina qismlarida imondoshlarimizning internetga kirishga imkoni yo‘q. Boshqalar esa internet tez-tez o‘chadigan yoki internet tezligi sekin yo bo‘lmasa umuman internet yo‘q joylarda yashaydi.

Bunga qaramay, birodar-u opa-singillarimiz internetga ulanmay ham elektron shakldagi adabiyotlarimizni yuklay oladi! Qanaqasiga?

Internetga kirish imkoniyati chegaralangan hududlardagi jamoatlarga JW Box qurilmasi taqdim etilmoqda, dasturini Baytilning Kompyuter bo‘limi ishlab chiqargan. Mazkur qurilmaga jw.org saytimizdagi adabiyotlar-u videolar yuklangan. Har bir qurilma taxminan 75 AQSH dollariga tushadi.

Yig‘ilish zalida birodar-u opa-singillar adabiyotlar-u videolarimizni yuklash uchun JW Box qurilmasiga ulanadi. Hatto eski yoki arzon elektron qurilmalarni ham unga ulasa bo‘ladi. Xo‘sh, jamoatda internetga kirish imkoni bo‘lmasa, qanday qilib JW Box so‘nggi ma’naviy ozuqani yuklay oladi? Vaqti-vaqti bilan filial har biri taxminan 4 dollar bo‘lgan fleshkalarni yuborib turadi. Fleshkaga saytimizdagi eng so‘nggi ma’lumot yuklangan bo‘ladi va keyin uni JW Box qurilmasiga o‘tkazish mumkin.

Qiziq, imondoshlarimiz JW Box qurilmasidan qanday foyda olyapti? Kongo Demokratik Respublikasida yashovchi Natan Adruandra quyidagicha bo‘lishdi: «“Ey, Yahova... Senga tayanaman” va “Lutning xotini esingizda bo‘lsin” dramalarini yuklash uchun anchagina harakat qilgandim. Lekin hech o‘xshamas edi va bundan ko‘nglim tushdi. Hozir esa bu videolarni telefonimga yuklay olaman va ular yordamida farzandlarimizni yaxshiroq tarbiyalay olyapmiz».

Nigeriyadagi jamoatlarga JW Box qurilmasini o‘rnatishga yordam beradigan birodar shunday dedi: «Birodarlar bu qurilmani Yahovaning o‘zgacha hadyasi, deb biladi. Ular endi “Ta’lim berish “qutimizdagi” asboblar”ni yuklash imkoni borligidan rosa xursand».

Afrika, Okeaniya va Janubiy Amerikadagi imondoshlarimizga 1700dan oshiq qurilma jo‘natildi va hali bundan-da ko‘p jamoatlarga JW Box qurilmasini yuborish rejalashtirilyapti. Xo‘sh, buning uchun mablag‘ni qayerdan olyapmiz? Bu umumjahon faoliyatimizga qilingan xayr-ehsonlar tufayli amalga oshirilmoqda. Ularning ko‘pi donate.dan124.com sayti orqali qilinmoqda. Saxiylik ila qilayotgan xayr-ehsonlaringiz uchun minnatdormiz.