Asosiy materiallarga o‘tish

Muqaddas Kitobda turmush qurmasdan birga yashash haqida nima deyilgan?

Muqaddas Kitobda turmush qurmasdan birga yashash haqida nima deyilgan?

Muqaddas Kitob asosida javob

 Muqaddas Kitobga ko‘ra, Alloh odamlar o‘zlarini «zinodan tiyishlarini» xohlaydi. (1 Salonikaliklarga 4:3) Muqaddas Kitobda qo‘llanilgan «zino» so‘zi bevafolik, gomoseksualizm va nikohda bo‘lmagan kishilar orasidagi jinsiy aloqani o‘z ichiga oladi.

 Nega ishqiy munosabatlarni rivojlantirib, birga yashamoqchi bo‘lgan erkak va ayolning turmush qurishi Xudo uchun muhim?

  •   Nikohning asoschisi — Xudodir. Xudo ilk erkak va ayolni nikoh rishtalari bilan bog‘laganida nikoh tuzumiga asos solgan. (Ibtido 2:22–24) Erkak va ayol turmush qurmasdan birga yashashi Uning niyatiga kirmagan.

  •   Xudo odamlar uchun nima yaxshi ekanini biladi. U erkak va ayol o‘rtasidagi nikoh rishtalari bir umrlik bo‘lishini va bundan oilaning barcha a’zolari foyda olib, o‘zini xavfsiz his qilishini istagan. Quyidagi misolga diqqat qarating: mebelni to‘g‘ri yig‘ish uchun uni ishlab chiqargan korxonaning yo‘l-yo‘riqlari zarur bo‘lganidek, baxtli nikoh qurish uchun ham Xudoning yo‘l-yo‘riqlari kerak. Xudoning me’yorlari ularga amal qilganlarga doim foyda keltiradi. (Ishayo 48:17, 18)

    Mebelni yig‘ish uchun ishlab chiqaruvchi korxonaning yo‘l-yo‘riqlari zarur bo‘lganidek, baxtli nikoh qurish uchun ham Xudoning yo‘l-yo‘riqlari kerak

  •   Turmush qurmasdan jinsiy aloqada bo‘lish ayanchli oqibatlarga olib kelishi hech gap emas. Masalan, bunday oqibatlarga istalmagan homiladorlik, jinsiy aloqa orqali yuqadigan kasalliklar va hissiy jarohat kirishi mumkin.

  •   Xudo erkak va ayolga jinsiy aloqa yo‘li bilan farzand ko‘rish qobiliyatini bergan. Xudoning nazarida hayot muqaddas va farzand ko‘rish qobiliyati Uning qimmatbaho hadyasidir. U bizdan bu hadyani qadrlashimizni va nikoh tuzumiga hurmat ko‘rsatishimizni kutadi. (Ibroniylarga 13:4)

 Erkak va ayol bir-biriga mos kelish-kelmasligini tekshirish uchun turmush qurmay birga yashashi oqilonami?

 Baxtli nikohning kaliti erkak va ayol mas’uliyatni his etmay, muayyan vaqt davomida birga yashashida emas, aksincha, bir-birining oldidagi burchni his etib, muammolarni bir jamoa bo‘lib hal qilishidadir a. Rasmiy nikoh turmush o‘rtoqlar bir-birining oldidagi burchni his qilishiga yordam beradi. (Matto 19:6)

 Nikohi mustahkam bo‘lishi uchun juftliklar nimalar qilishi mumkin?

 Mukammal nikohning o‘zi yo‘q. Lekin shunga qaramay, juftliklar Muqaddas Kitobdagi prinsiplarni qo‘llab, nikohlarini mustahkamlay olishadi. Mana maslahatlardan ba’zilari:

a «Oilaviy baxtning siri — Burch» nomli maqolaga qarang.