Asosiy materiallarga o‘tish

Ular yordam berish uchun to‘xtashdi

Ular yordam berish uchun to‘xtashdi

Kanadaning Alberta provinsiyasida izg‘irin sovuq kunlardan birida Bob soatiga 100 kilometr tezlikda furgonini haydab ketayotgan edi. Nogahon mashinaning orqa tomondagi chap g‘ildiragi yorilib ketdi. Boshida Bob nima bo‘layotganini tushunmadi va uyigacha 5 kilometr qolgani uchun yo‘lini davom ettirishga qaror qildi.

Bobning Yahova Shohidlarining mahalliy Yig‘ilish zaliga yuborgan xatidan bu voqeaning davomini bilib olsa bo‘ladi. U shunday deb yozdi: «Yonimdan bir mashinada besh kishidan iborat yoshlar guruhi o‘tib ketayotgandi. Ular oynasini tushirib, mashinamning g‘ildiragi yorilganini aytishdi. Biz yo‘l chekkasiga to‘xtadik va ular mashinamning g‘ildiragini almashtirishni taklif qilishdi. Men esa qo‘shimcha g‘ildirak va domkratim bor-yo‘qligini ham bilmasdim. Men yo‘l chekkasida nogironlar aravachasida o‘tirib turdim. Ular esa furgonimning tagiga kirib, qo‘shimcha g‘ildirak va domkrat topishdi-da, g‘ildirakni almashtirishdi. Ko‘chada izg‘irin sovuq, qor yog‘ayotgan edi. Ular juda chiroyli kiyingan bo‘lishsa-da, g‘ildirakni almashtirishdi, men esa uyimgacha yetib oldim. O‘zim bu ishni uddalay olmasdim.

Menga yordam bergan bu beshta yosh Yahovaning Shohididan bag‘oyat minnatdorman. Ular xushxabarni uyma-uy va’z qilish maqsadida bu yerlarga kelishgan ekan. Ushbu yoshlar aytayotgan xabariga muvofiq yo‘l tutishar ekan. Agar ular menga yordam bermaganida og‘ir ahvolda qolib ketardim. Ulardan juda ham minnatdorman. O‘sha kuni yo‘lda farishtalarni uchrataman deb hech o‘ylamagan edim».