Asosiy materiallarga o‘tish

Yahovaning Shohidlari qutqarilish uchun uyma-uy va’z qilishadimi?

Yahovaning Shohidlari qutqarilish uchun uyma-uy va’z qilishadimi?

 Yo‘q. Biz muntazam ravishda uyma-uy yurib va’z qilamiz, lekin bunday yo‘l tutib, qutqarilamiz deb hisoblamaymiz. (Efesliklarga 2:8) Nima uchun?

 Mana bir misol. Aytaylik, muhtojlarga yordam beradigan kishi, muayyan bir joyga belgilangan kunda kelgan har bir odamga qimmatbaho sovg‘a berishini va’da qildi. Agar unga chindan ham ishonsangiz, u yerga borgan bo‘lardingiz, shunday emasmi?! Ha. Ehtimol, do‘stlaringiz va oila a’zolaringiz ham bundan foyda ko‘rishlari uchun bu haqda ularga aytib bergan bo‘lardingiz. Shunday bo‘lsa-da, o‘sha odamning barcha yo‘l-yo‘riqlariga qat’iyan amal qilsangiz ham, uning sovg‘asiga sazovor bo‘ldim, deb ayta olmaysiz. Chunki u buni sizga sovg‘a sifatida berdi.

 Shunga o‘xshab, Yahovaning Shohidlari Xudo Unga itoatli bo‘lgan har bir kishiga abadiy hayotni va’da qilganiga ishonishadi. (Rimliklarga 6:23) Boshqa insonlar ham Allohning va’dalaridan foyda olishiga umid bog‘lab, ularga e’tiqodimiz haqida aytib berishga intilamiz. Biroq xizmat qilishimiz orqali qutqarilishga sazovormiz, deb hisoblamaymiz. (Rimliklarga 1:17; 3:28) Aslida, hech bir inson, hech bir ishi orqali Xudoning bunday ajoyib barakasiga sazovor bo‘la olmaydi. Zero, «Xudo bizning qilgan savobli ishlarimiz tufayli emas, balki O‘zining rahm-shafqati tufayli bizni qutqardi». (Titusga 3:5, Turkiya 1998)