Asosiy materiallarga o‘tish

Yahovaning Shohidlari xristianlarmi?

Yahovaning Shohidlari xristianlarmi?

 Yo‘q. Xristian olami bilan hech qanday aloqamiz yo‘q. Ammo quyidagi sabablarga ko‘ra o‘zimizni masihiylar, ya’ni Masihning izdoshlari deb bilamiz:

  •   Iso payg‘ambarning ta’limotlariga amal qilib, xatti-harakatlariga taqlid qilishga harakat qilamiz. (1 Butrus 2:21)

  •   Aynan Iso alayhissalom orqali najot topish mumkinligiga ishonamiz. «Odamlarni undan boshqa hech kim qutqara olmaydi, chunki najot topishimiz uchun osmon-u falak ostida odamlarga berilgan boshqa ism yo‘q». (Havoriylar 4:12)

  •   Xudoga Iso Masihning nomidan ibodat qilamiz. (Yuhanno 15:16)

  •   Xudoning Kalomiga zid bo‘lgan urf-odat va ta’limotlarni rad etamiz, jumladan, xoch va tasvirlardan foydalanmaymiz. (Chiqish 20:3–6)

 Ammo xristian olamidan turli jihatlarimiz bilan farq qilamiz. Masalan, uchlikka ishonmaymiz, chunki Muqaddas Kitobga ko‘ra, Alloh Yahova yagona va Iso Masih Uning O‘g‘lidir. (Mark 12:29) O‘lmas jonga ham ishonmaymiz, boisi Muqaddas Yozuvlarda Xudo odamlarni butun umr do‘zaxda qiynaydi yoki din bilan bog‘liq ishlarda yetakchilik qiladiganlar o‘zini boshqalardan ustun qo‘yib, unvonlarga ega bo‘lishi kerak deb aytilmagan. (Voiz 9:5; Hizqiyo 18:4; Matto 23:8–10)