Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

MUQOVADAGI MAVZU | QAY YO‘SIN MUQADDAS KITOBNI O‘QISHDAN QO‘PROQ FOYDA OLSA BO‘LADI?

Muqaddas Kitob sizning hayotingizni qanday yaxshilay oladi?

Muqaddas Kitob sizning hayotingizni qanday yaxshilay oladi?

Muqaddas Kitob oddiy kitob emas. Unda Yaratuvchimizning nasihatlari yozilgan. (2 Timo‘tiyga 3:16) Bu kitobda qalamga olingan narsalar hayotingizga katta ta’sir qilishi mumkin. Unda shunday so‘zlar bor: «Xudoning kalomi jonli bo‘lib, kuchli ta’sirga ega». (Ibroniylarga 4:12) Kalom hayotingizni yaxshilashining ikkita asosiy yo‘li bor: kundalik turmushingizda sizga yo‘l-yo‘riq beradi hamda Xudoni va Uning va’dalarini bilib olishga ko‘maklashadi. (1 Timo‘tiyga 4:8; Yoqub 4:8)

Kundalik turmushingizda sizga yo‘l-yo‘riq beradi. Muqaddas Kitob turli sohalarda yordam beradi. Quyida undagi amaliy maslahatlarning bir nechtasi keltirilgan:

Osiyolik yosh bir oilaga Muqaddas Kitobdagi maslahat nikohini mustahkam qilishga yordam bergan. Ko‘pgina yangi oilalar qatori ularga ham bir-biriga moslashish va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish qiyin kechgan. Ular Muqaddas Kitobda o‘qiganlarini qo‘llay boshlashdi. Bu qanday natija keltirdi? Oila boshi Visent shunday dedi: «Muqaddas Kitobda o‘qiganlarim oilada paydo bo‘ladigan muammolarni sevgi ila hal qilishimga ko‘maklashdi. Unda yozilganlarga rioya qilib baxtli hayot kechiryapmiz». Uning xotini Analu erining gaplariga qo‘shilib quyidagilarni aytdi: «Muqaddas Kitobdagi insonlarning o‘rnagi bizga yordam berdi. Hozir baxtliman, nikohimizdan va hayotdagi maqsadlarimizdan mamnunman».

Xudoni bilib olish. Nikohi haqida fikr bildirgach, Visent yana shunday dedi: «Muqaddas Kitobni o‘qigach men avvalgiga qaraganda Yahovaga yanada yaqinroq bo‘lganimni his etdim». Visentning kuzatuvlari diqqatni muhim bir fikrga qaratmoqda: Muqaddas Kitob bizni Xudo bilan tanishtiradi. Kalomni o‘qib siz Uning maslahatlaridan foyda olibgina qolmay, Uning do‘stiga ham aylanishingiz mumkin. Bu kitobda U yaxshiroq kelajak, ya’ni siz bahramand bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan «haqiqiy hayot» to‘g‘risida ko‘p narsalarni oshkor etgan. Bunday hayotning cheki bo‘lmaydi. (1 Timo‘tiyga 6:19) Boshqa hech bir kitobda bu kabi bilimlarni topa olmaysiz!

Agar Muqaddas Kitobni muntazam o‘qishni maqsad qilib, bunga rioya qilsangiz, hozirning o‘zida hayotingizni yaxshilaysiz va Xudoni bilib olasiz. Uni o‘qish paytida sizda talay savollar tug‘ilishi mumkin. Agar savollar tug‘ilsa, bundan 2000-yil muqaddam yashagan habashistonlik amaldorning o‘rnagini yodda tuting. Bu kishida Muqaddas Kitobga tegishli ko‘p savollar bo‘lgan. Undan o‘qiganlarini tushunyaptimi deb so‘rashganida, u: «Agar birov o‘rgatmasa, qanday tushuna olaman?» — deb aytgan. (Havoriylar 8:30, 31, 34) Agar siz ham Muqaddas Kitobni yaxshiroq bilmoqchi bo‘lsangiz, unda sizga jw.org veb-saytidagi onlayn so‘rovni yuborishni yoki mazkur jurnalda keltirilgan sizga yaqin manzillardan biriga yozishni taklif qilamiz. Shuningdek o‘zingizga yaqin yashaydigan Yahovaning Shohidlariga murojaat qilishingiz yoxud Yig‘ilish zaliga tashrif buyurishingiz mumkin. Sizga Muqaddas Kitobni bugundan boshlab o‘qishni taklif etamiz. Bu kitob oldingizda yaxshi hayotga yo‘l ochadi!

Agar siz Muqaddas Kitobga to‘liq ishonsa bo‘ladimi, deb ikkilanayotgan bo‘lsangiz, sizga «Muqaddas Kitobda haqiqat yozilganiga nega amin bo‘lishimiz mumkin?» nomli qisqa videoni tomosha qilishni tavsiya etamiz. Uni topish uchun QR-kodni skanerlang yoki jw.org saytiga kiring.

a Muqaddas Kitobda yana qanday amaliy maslahatlar borligini jw.org veb-saytidan topishingiz mumkin. MUQADDAS KITOB TA’LIMOTLARI > MUQADDAS KITOBGA ASOSLANGAN JAVOBLAR bo‘limiga qarang.