Hikmatlar 10:1-32

  • «Dono o‘g‘il otasini quvontiradi» (1)

  • Mehnatkash qo‘llar boylik keltiradi (4)

  • Ko‘p gapirgan gunohga tutiladi (19)

  • Yahovaning barakasi kishini boyitadi (22)

  • Yahovadan qo‘rqish — hayotni uzaytiradi (27)

10  Sulaymonning hikmatlari+. Dono o‘g‘il otasini quvontiradi+,Nodon o‘g‘il esa onasiga qayg‘u keltiradi.   Harom yo‘l bilan topilgan boylikning foydasi bo‘lmaydi,Odillik esa o‘limdan xalos etadi+.   Yahova odil kishini och qoldirmaydi+,Ammo yovuzlarning istagini rad etadi.   Dangasa qo‘llar qashshoqlikka duchor qiladi+,Mehnatkash qo‘llar esa boylik keltiradi+.   Fahm-farosatli o‘g‘il hosilni yozda o‘rib oladi,Sharm-hayosiz o‘g‘il esa o‘rim-yig‘im paytida uyquga ketadi+.   Odillar boshiga baraka yog‘iladi+,Yovuzlarning tili bo‘lsa zo‘ravonlikni yashiradi.   Odillarning nomi* maqtov ila tilga olinadi+,Yovuzlarning nomi esa o‘chib ketadi+.   Dono qalb sohibi nasihatlarga quloq soladi+,Be’mani gaplarni so‘zlagan esa oyog‘osti bo‘ladi+.   Benuqsonlik yo‘lida yurgan bexatar yashaydi+,Egri yo‘ldan yurganning ishlari esa oshkor bo‘ladi+. 10  Ayyorona ko‘z qisgan g‘am-g‘ussa keltiradi+,Bo‘lmag‘ur gaplarni so‘zlagan oyog‘osti bo‘ladi+. 11  Odilning tili hayot manbaidir+,Yovuzning tili bo‘lsa zo‘ravonlikni yashiradi+. 12  Nafrat urish-janjalga sababchi bo‘ladi,Sevgi esa barcha gunohlarni qoplaydi+. 13  Aql-idroklining og‘zidan donolik chiqadi+,Farosatsizning orqasidan esa tayoq arimaydi+. 14  Donolar bilim to‘playdi+,Ahmoqlar tili esa o‘zlarining boshiga yetadi+. 15  Boyning davlati mustahkam shahridir. Qashshoqning halokati yo‘qchilikdir+. 16  Odilning mehnati hayotga,Yovuzning ishi esa gunohga yetaklaydi+. 17  Ta’lim-tarbiyaga quloq tutgan hayot so‘qmog‘iga qadam qo‘yadi*,Tanbehni rad etgan esa boshqalarni yo‘ldan ozdiradi. 18  Nafratini yashirgan yolg‘onchidir+,Mish-mish tarqatgan ahmoqdir. 19  Ko‘p gapirgan gunohga tutiladi+,Tilini tiygan esa o‘ylab ish tutadi+. 20  Odilning tili toza kumushdaydir+,Yovuzning yuragi esa hech narsaga arzimaydi. 21  Odilning tili ko‘plarni to‘g‘ri yo‘lga yetaklaydi+,Nodonning aqlsizligi esa boshiga yetadi+. 22  Yahovaning barakasi kishini boyitadi+,Bu barakaga U hech qanday dard-alam qo‘shmaydi. 23  Adabsiz xulq ahmoq uchun o‘yin kabidir,Aql-idrokliga esa donolik xosdir+. 24  Yovuz nimadan qo‘rqsa, shunga yo‘liqadi.Odilning esa orzusi ushaladi+. 25  Yovuz odam quyun uchirgandek yo‘q bo‘lib ketadi+.Odil kishi esa mustahkam poydevor kabi abadiy turadi+. 26  Tishlarga sirka, ko‘zlarga tutun qanday bo‘lsa,Yalqov kishi ham xo‘jayini uchun shundaydir. 27  Yahovadan qo‘rqish — hayotni uzaytiradi+,Yovuzning umri esa qisqartiriladi+. 28  Odilning umidi quvonch keltiradi+,Yovuzning umidi esa puchga chiqadi+. 29  Yahovaning yo‘li benuqsonlar uchun qo‘rg‘ondir+,Yomonlik qiluvchilar uchun esa halokatdir+. 30  Odil kishi hech qachon qoqilmaydi+,Yovuz inson esa yer yuzida qolmaydi+. 31  Odilning tili donolikni so‘zlaydi,Buzuq til esa kesib tashlanadi. 32  Odilning og‘zidan yoqimli so‘zlar,Yovuzning tilidan esa egri so‘zlar chiqadi.

Izohlar

Yoki «xotirasi».
Boshqa variant «hayot yo‘lidadir».