Hikmatlar 23:1-35

  • Mehmonda o‘zini tutish odobi (2)

  • Boylik ketidan quvma (4)

  • Boylik uchib ketadi (5)

  • Sharobga ruju qo‘yganlarga qo‘shilma (20)

  • Ichkilik ilon kabi chaqadi (32)

23  Shoh bilan dasturxon atrofida o‘tirganingda,Oldingdagi hamma narsaga diqqatli bo‘l.   Ishtahang karnay bo‘lsa,Bo‘g‘zingga pichoq tira*.   Uning noz-ne’matini ko‘ngling tusamasin,Chunki ular aldamchi taomlardir.   Boylik ko‘paytiraman deb zo‘riqma+, Biroz to‘xtab, fahm-farosatni ishga sol*.   Boylikka nazar solgan zahoting, u g‘oyib bo‘ladi+,Burgutday qanot yozib, osmonga uchib ketadi+.   Qizg‘anchiq odamning taomini yema,Uning noz-ne’matini ko‘ngling tusamasin.   Zero, u uchun bari hisoblidir. Senga: «Yeb-iching»,— desa-da, dilidagi niyati boshqa.   Shunda yegan luqmangni qayt qilasan,Maqtovli so‘zlaring ham bekor ketadi.   Nodonga gapirib o‘tirma+,Chunki u hikmatli so‘zlaringni pisand qilmaydi+. 10  Qadimda o‘rnatilgan chegarani siljitma+,Yetim-yesirlarning dalasiga kirma. 11  Zero, ularning Himoyachisi qudratlidir,Senga qarshi qilgan shikoyatlariga U chora ko‘radi+. 12  Qalbingni ta’lim-tarbiyaga,Qulog‘ingni bilimga och. 13  Boladan ta’lim-tarbiyani ayama+, Uni tayoq bilan ursang o‘lmaydi. 14  Bolani tayoq bilan jazolasang,Uni o‘limdan* saqlab qolasan. 15  O‘g‘lim, qalbingda donolik bo‘lsa,Mening ham ko‘nglim quvonchga to‘ladi+. 16  Tilingdan to‘g‘ri so‘zlar chiqqanda,Butun vujudim* shodlanadi. 17  Qalbingda gunohkorlarga hasad qilma+,Har kuni Yahovadan qo‘rqib yasha+. 18  Shunda kelajaging porloq bo‘ladi+,Umiding ham puchga chiqmaydi. 19  O‘g‘lim, quloq solib dono bo‘l,Qalbingni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltir. 20  Sharobga ruju qo‘yganlarga+,Go‘shtni bo‘kib yeydiganlarga qo‘shilma+. 21  Ichkilikboz va ochofat qashshoqlikka uchraydi+,Uyquchilik juldur kiyim kiydiradi. 22  Seni dunyoga keltirgan otangga quloq sol,Qarib qoldi deb onangni xor qilma+. 23  Haqiqatni xarid qil, uni sotib yuborma+,Donolik, ta’lim-tarbiya va zakovatni ham sotib ol+. 24  Odil kishining otasi shod bo‘ladi,Dono o‘g‘ilning otasi ham quvonadi. 25  Ota-onang xursand bo‘ladi,Seni dunyoga keltirgan onang sevinadi. 26  O‘g‘lim, butun qalbing bilan meni eshit,Ko‘zlaring yo‘llarimdan zavqlansin+. 27  Chunki fohisha chuqur choh kabi,Axloqsiz ayol tor quduqdaydir+. 28  U xuddi o‘g‘riday poylab yotadi+,Bevafo erkaklar sonini ko‘paytiradi. 29  Qayg‘u chekkan kim? Tashvish tortgan kim?Janjal qilgan kim? Noligan kim? Sababsiz jabrlangan kim? Ko‘zlari qizargan* kim? 30  Sharob ichib uzoq o‘tiradiganlar+,O‘tkir sharob izlaydiganlardir. 31  Sharobning qizil rangiga,Qadahda tovlanib turishi-yu yoqimli ichilishiga qarama. 32  Oxiri u ilondek chaqadi,Qora ilon kabi zahrini sochadi. 33  Ko‘zlaring g‘alati narsalarni ko‘radi,Dilingdan yomon so‘zlar chiqadi+. 34  O‘zingni dengizning qoq o‘rtasida,Kema ustunida yotganday his qilasan. 35  «Meni urishdi, lekin his qilmadim. Meni savalashdi, ammo sezmadim. Qachon uyg‘onar ekanman?!+ Yana ichardim»,— deysan.

Izohlar

Yoki «nafsingni tiy».
Boshqa variant «o‘z aqlingga tayanma».
Ibr. sheo‘l, ya’ni insoniyatning umumiy qabri. Lug‘atdagi «mozor» so‘ziga q.
So‘zma-so‘z «buyraklarim».
Yoki «xiralashgan».