Zabur 13:1-6

  • Yahovadan najot kutish

    • «Ey Yahova, qachongacha?» (1, 2)

    • Yahova saxiylik bilan mukofotlaydi (6)

Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. Dovud sanosi. 13  Ey Yahova, qachongacha meni esga olmaysan? Abadiymi? Qachongacha mendan yuzingni yashirasan?+   Tokaygacha men tashvishlanib,Har kuni qalbimda qayg‘u-alam chekib yuraman? Qachongacha dushmanim ustimdan g‘alaba qozonadi?+   Ey Yahova, Xudoyim, menga nazar tashlab, javob ber. O‘lim uyqusiga ketmasligim uchun ko‘zlarimga nur ato etgin,   Toki g‘animim: «Men uni mag‘lub qildim!» — deb aytmasin. Raqiblarim qulaganimni ko‘rib quvonmasin+.   Men esa Sening mehr-sadoqatingga tayanaman+,Meni qutqarganingda qalbim shod bo‘ladi+.   Saxiylik bilan mukofot bergani uchun, Yahovaga atab qo‘shiq kuylayman+.

Izohlar