Zabur 62:1-12

  • Tangri najot beradi

    • «Allohni sabr bilan kutaman» (1, 5)

    • «Yuragingizni Unga to‘kib soling» (8)

    • «Inson o‘g‘illari bir nafasdir» (9)

    • «Boylikka tayanmang» (10)

Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. Yodutun*. Dovud sanosi. 62  Yolg‘iz Allohni sabr bilan kutaman. U menga najot beradi+.   U mening qoyam, najotim va xavfsiz boshpanamdir+,Men hech qachon tebranmayman, yiqilmayman+.   Qachongacha odamga hujum qilib, uni o‘ldirmoqchi bo‘lasiz?!+ Barchangiz og‘ib qolgan devorday, qulay deb turgan tosh devorday xavflisiz*.   Ular o‘zaro maslahatlashib, uni martabasidan tushirishga urinadi,Yolg‘on gapirishdan rohatlanadi. Og‘izlari bilan duo qiladi-yu, ichida esa qarg‘aydi+. (Sela)   Men bo‘lsam, sabr qilib Xudoni kutaman+.Chunki yolg‘iz Unga umid bog‘layman+.   U mening qoyam, najotim va xavfsiz boshpanamdir,Men aslo tebranmasman+.   Alloh menga najot va shon-sharaf beradi. Mustahkam qoyam va boshpanam Xudodir!+   Ey odamlar, doimo Unga ishoning! Yuragingizni Unga to‘kib soling+. Alloh bizning boshpanamizdir!+ (Sela)   Inson o‘g‘illari bir nafasdir,Odamzod bolalari soxta panohdir+. Ular tarozida tortilsa, nafasdan ham yengilroq chiqadi+. 10  Talonchilikka tayanmang,O‘g‘rilikka behuda umid bog‘lamang. Mol-davlatingiz ko‘paysa, unga ko‘ngil qo‘ymang+. 11  Xudo ikki marta: «Xudo kuch-qudratlidir»+,— deb aytganini eshitdim. 12  Boz ustiga, ey Yahova, Sen mehr-sadoqatlisan+,Chunki Sen har bir odamning ishiga yarasha qaytarasan+.

Izohlar

Boshqa variant «Ey sizlar, axir u og‘ib qolgan devorday, qulay deb turgan tosh devordaydir».