Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

42-DARS

Muqaddas Kitobda turmush qurish va qurmaslik borasida nima deyilgan?

Muqaddas Kitobda turmush qurish va qurmaslik borasida nima deyilgan?

Ba’zi madaniyatlarda turmush qurmaganlarni baxtsiz, deb o‘ylashadi. Biroq turmush qurganlarning bari baxtli, turmush qurmaganlar esa baxtsiz, deb ayta olmaymiz. Haqiqat shuki, Kalomda turmush qurmaslik va turmush qurish in’om deb aytilgan.

1. Turmush qurmaslikning qanday foydali tomonlari bor?

Muqaddas Kitobda: «Turmush qurgan kishi ham yaxshi qiladi. Kimki turmush qurmasa, yanada yaxshiroq yo‘l tutgan bo‘ladi»,— deyilgan. (1 Korinfliklarga 7:32, 33, 38 ni o‘qing.) Qaysi ma’noda ular «yanada yaxshiroq yo‘l tutgan bo‘ladi»? Turmush o‘rtog‘i yo‘q masihiylar umr yo‘ldoshining ehtiyojlariga g‘amxo‘rlik qilishiga to‘g‘ri kelmaydi. Shu bois, odatda ularda ko‘proq erkinlik bor. Ayrimlari qiziqarli yo‘llar orqali xizmatini kengaytira oladi. Masalan, xushxabarni va’z qilish uchun boshqa mamlakatga ko‘cha oladi. Eng muhimi, ular Yahovaga yanada yaqinroq bo‘lish uchun ko‘proq vaqtga ega.

2. Qonuniy nikohdan o‘tishning qanday foydasi bor?

Turmush qurmaslikka o‘xshab turmush qurishning ham foydali taraflari bor. Kalomda: «Yolg‘iz bo‘lgandan ko‘ra ikki kishi bo‘lgan yaxshiroq»,— deyilgan. (Voiz 4:9) Buni, ayniqsa, nikohida Muqaddas Kitob prinsiplarini qo‘llayotgan masihiylar o‘zida his qiladi. Nikohini ro‘yxatdan o‘tkazadigan juftlik bir-birini sevish, hurmat qilish va ardoqlashga qasam ichadi. Natijada shunchaki birga yashayotgan juftliklarga qaraganda ular odatda oilasi ko‘proq himoyalanganini his qiladi. Bu bilan ular farzandlariga ham himoya ostida bo‘lishga yordam bergan bo‘ladi.

3. Yahova nikohga qanday nuqtai nazarda?

Yahova ilk nikohga asos solganida shunday deb aytgan: «Erkak kishi o‘z ota-onasini qoldirib, xotiniga bog‘lanib qoladi». (Ibtido 2:24) Er va xotin hayot ekan, Yahova ular bir-birini sevishini va o‘zaro bog‘lanib qolishini istaydi. Turmush o‘rtoqlardan biri zino qilsagina, Yahova ajrashishga yo‘l qo‘yadi. Bunday vaziyatda U beayb er yoki xotinga ajrashish-ajrashmaslik qarorini qabul qilish huquqini beryapti a. (Matto 19:9) Xudo masihiylar orasida poligamiya, ya’ni ko‘p nikohlilikni ma’qullamaydi. (1 Timo‘tiyga 3:2)

KO‘PROQ BILIB OLING

Turmush qurganmisiz yoki yo‘qmi qay yo‘sin baxtiyor bo‘lishingiz va Yahovani quvontirishingiz mumkinligi to‘g‘risida bilib oling.

4. Turmush qurmaslik in’omidan to‘g‘ri foydalaning

Iso turmush qurmaslikni in’om deb bilgan. (Matto 19:11, 12) Matto 4:23 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Iso Otasiga xizmat qilish va boshqalarga yordam berish uchun qanday qilib turmush qurmaslikdan in’om sifatida foydalangan?

Masihiylar ham Iso kabi turmush qurmaslik in’omidan zavq olishi mumkin. VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Masihiylar qaysi yo‘llar orqali turmush qurmaslikdan to‘g‘ri foydalanishi mumkin?

Bilasizmi?

Muqaddas Kitobda necha yoshdan boshlab oila qurish kerakligi haqida aytilmagan. Ammo unga ko‘ra, «ilk yoshlik davridan o‘tgan» paytgacha, ya’ni yosh kishi ehtiroslari jo‘sh urgani tufayli to‘g‘ri qarorlar chiqarishga qiynalmaydigan davrgacha kutishi oqilona bo‘lardi. (1 Korinfliklarga 7:36)

5. Turmush o‘rtoqni donolik ila tanlang

Turmush o‘rtoq tanlash eng muhim qarorlardan biri. Matto 19:4–6, 9 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Nega masihiy turmush qurish masalasida shoshilib qaror chiqarmasligi kerak?

Muqaddas Kitob yordamida yaxshi umr yo‘ldosh qaysi fazilatlarga ega bo‘lishi kerakligini bilib olishingiz mumkin. Asosiysi, Yahovani sevadigan turmush o‘rtoqni tanlang b. 1 Korinfliklarga 7:39 va 2 Korinfliklarga 6:14 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Nega faqat imondoshimiz bilan turmush qurishimiz kerak?

  • Sizningcha, Yahovani sevmaydigan kishi bilan oila qurmoqchi bo‘lsak, U nimalarni his qiladi?

Ikkita har xil hayvon bitta bo‘yinturuqqa qo‘shilsa, ular azob chekadi. Shu singari, masihiy imondosh bo‘lmagan odam bilan oila qursa, ko‘p muammo orttiradi

6. Nikohga Yahova kabi qarang

Qadimgi Isroilda ba’zi erkaklar xudbin istaklari tufayli xotinlari bilan ajrashgan. Malaki 2:13, 14, 16 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Ajrashish sababi Muqaddas Kitobga zid bo‘lsa, nega Yahova bundan nafratlanadi?

Xiyonat va ajrashish beayb turmush o‘rtoqqa hamda bolalarga og‘riq keltiradi

VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Turmush o‘rtog‘ingiz imondosh bo‘lmasa, nikohingiz baxtli bo‘lishi uchun nima qila olasiz?

7. Yahovaning nikoh borasidagi me’yorlariga amal qiling

Yahovaning nikoh borasidagi me’yorlariga amal qilish uchun ancha jon kuydirish kerak bo‘lar c. Lekin Yahova bunday yo‘l tutadiganlarga baraka beradi. VIDEONI tomosha qiling.

Ibroniylarga 13:4 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Sizningcha, Yahovaning nikoh borasidagi me’yorlari oqilonami? Nega bunday fikrdasiz?

Ko‘p mamlakatlarda nikoh va ajrashish ro‘yxatdan o‘tkazilishi talab etilgani kabi, Yahova ham masihiylardan bunday yo‘l tutishni kutadi. Titusga 3:1 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Turmush qurgan bo‘lsangiz, nikohingiz qonuniylashtirilganmi?

BA’ZILARNING FIKRI: «Rasmiy ro‘yxatdan o‘tish shart emas, nikoh o‘qitishning o‘zi yetarli».

  • Nima degan bo‘lardingiz?

XULOSA

Turmush qurmaslik va nikoh Yahovaning in’omi. Turmush qurgan ham, qurmagan ham Yahovaning irodasiga muvofiq yashasa, quvonch va mamnuniyat his qiladi.

Takrorlash

  • Kishi turmush qurmagan bo‘lsa, qay yo‘sin bu erkinligidan oqilona foydalana oladi?

  • Nega Muqaddas Kitobga ko‘ra, faqat imondoshimiz bilan turmush qurishimiz lozim?

  • Muqaddas Kitobga ko‘ra, ajrashishga faqat nima asos bo‘la oladi?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

«Faqat Hazratimizga tegishli» inson bilan turmush qurish nimani anglatadi?

«O‘quvchilarning savollari» («Qo‘riqchi minorasi» 1-iyul, 2004)

Uchrashish va nikoh qurish borasida dono qaror chiqarishga yordam beradigan ikkita qisqa videoni tomosha qiling.

«Nikohga tayyorgarlik» 11:53

Bitta birodar nega Yahovaning barakalarini u voz kechgan har qanday narsadan ancha qimmatliroq hisoblashi to‘g‘risida bilib oling.

«O‘sha qiz haqiqatni tanlashiga umid qildim» 1:56

Alohida yashash yoki ajrashish masalasida biror qaror chiqarishdan avval qaysi omillarni ko‘rib chiqish lozim?

«Xudo o‘rnatgan nikoh rishtalarini qadrlang» («Qo‘riqchi minorasi» dekabr, 2018)

a Xiyonat qilinmagan vaziyatlarda alohida yashash haqida bilish uchun 4- ilovaga qarang.

b Ba’zi madaniyatlarda farzandi uchun turmush o‘rtoqni ota-ona tanlaydi. Mehribon ota-ona farzandi uchun tanlayotgan turmush o‘rtoqning avvalo boyligi yoki mavqeiga emas, u Yahovani sevish-sevmasligiga diqqat qaratadi.

c Rasmiy nikohdan o‘tmay yashayotgan bo‘lsangiz, Yahovaga ma’qul kelish uchun nima qilishingiz kerakligi borasida o‘ylab ko‘ring.