Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

48-DARS

Do‘stlarni donolik ila tanlang

Do‘stlarni donolik ila tanlang

Yaxshi do‘stlar baxtli damlarda quvonchimizga quvonch qo‘shadi va og‘ir paytda bizni mustahkamlaydi. Biroq Muqaddas Kitobdan har kim ham yaxshi do‘st bo‘la olmasligini bilib olyapmiz. Xo‘sh, qay yo‘sin yaxshi do‘stlarni tanlay olasiz? Quyidagi savollar ustida o‘ylab ko‘ring.

1. Tanlagan do‘stlaringiz sizga qanday ta’sir qiladi?

Biz kimlar bilan vaqt o‘tkazsak, o‘sha odamlarga o‘xshab qolish moyilligiga egamiz. Insonlar bilan shaxsan yo internet orqali muloqot qilamizmi, bu bizga yaxshi yoki yomon ta’sir qilishi mumkin. Hikmatlar 13:20 da shunday deyilgan: «Dono bilan yurgan dono bo‘ladi, nodonga sherik bo‘lgan esa aziyat chekadi». Yahovani sevadigan, Unga topinadigan do‘stlar U bilan yaqin do‘st bo‘lishingizga va to‘g‘ri qarorlar chiqarishingizga yordam berishi mumkin. Ammo Yahovani sevmaydigan yaqin do‘stlar Undan yiroqlashishingizga sabab bo‘lishi hech gap emas. Shuning uchun, Muqaddas Kitobda do‘stlarni donolik ila tanlashga undalamiz. Allohni sevadigan do‘stlar bizga yaxshi ta’sir qiladi va biz ham ularga xuddi shunday ta’sir qilamiz. Kalomdagi: «Bir-biringizga dalda berib, bir-biringizni qo‘llab-quvvatlanglar»,— degan maslahatga amal qilamiz. (1 Salonikaliklarga 5:11)

2. Kim bilan do‘st tutinishingiz Yahovaga qanday ta’sir qiladi?

Yahova do‘stlarni sinchkovlik ila tanlaydi. U «to‘g‘ri kishi bilan... yaqin do‘st bo‘ladi». (Hikmatlar 3:32) Yahovani sevmaydigan kishilar bilan do‘st tutinsak, U nimalarni his qiladi? U qattiq ranjiydi. (Yoqub 4:4 ni o‘qing.) Lekin bizga yomon ta’sir qiladiganlar bilan do‘stlashmasak, Yahovaga hamda Uni sevadiganlarga yaqinlashsak, U bizdan mamnun bo‘ladi va bizni do‘sti sifatida tanlaydi. (Zabur 15:1–4)

KO‘PROQ BILIB OLING

Kimni do‘st sifatida tanlash nega muhim ekaniga va yaxshi ta’sir qiladigan insonlar bilan qay yo‘sin do‘stlashish mumkinligiga e’tibor bering.

3. Yomon ta’sir qiladigan inson bilan do‘stlashishdan ehtiyot bo‘ling

Xudoni va Uning me’yorlarini sevmaydigan kishilar bizga yomon ta’sir qiladi. VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Yomon ta’sir qiladigan kishilarga o‘zimiz bilmagan holda qay yo‘sin qo‘shilib qolishimiz mumkin?

1 Korinfliklarga 15:33 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Qanday inson sizga yomon ta’sir qilishi mumkin? Nega bunday fikrdasiz?

Zabur 119:63 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Do‘stingiz qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerak?

Bitta chirigan olma dastidan qolganlari buziladi. Bitta yomon do‘st sizga qanday ta’sir qilishi mumkin?

4. Bizdan farq qiladigan insonlar bizga yaxshi do‘st bo‘lishi mumkin

Muqaddas Kitobda Isroilda yashagan Dovud va Yo‘natan haqida yozilgan. Ularning yoshi hamda vaziyati turlicha edi, ammo ular qalin do‘st bo‘lgan. 3 Shohlar 18:1 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Nega do‘stlar doim ham tengdosh yoki ijtimoiy kelib chiqishi bir xil bo‘lmasligi mumkin?

Rimliklarga 1:11, 12 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Yahovani sevadigan do‘stlar qanday qilib bir-biriga dalda bera oladi?

Videoda yosh birodar qanday qilib o‘zi o‘ylamagan inson bilan do‘stlashganiga e’tibor bering. VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Videodan ko‘rganimizday, nega Akilning ota-onasi uning maktabdagi do‘stlari haqida gapirgan?

  • Nima uchun Akilga ular bilan do‘stlashish yoqqan?

  • Yolg‘izlik hissini yengishga unga nima yordam bergan?

5. Yaxshi do‘stlarni qanday orttirish mumkin?

Qay yo‘sin haqiqiy do‘stlarni topishingiz va chin do‘st bo‘la olishingiz mumkinligini bilib oling. VIDEONI tomosha qiling.

Hikmatlar 18:24 va 27:17 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Chin do‘stlar qay yo‘sin bir-biriga ko‘maklashadi?

  • Sizda ham shunday do‘stlar bormi? Yo‘q bo‘lsa, ularni qanday orttira olasiz?

Filippiliklarga 2:4 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Yaxshi do‘stlar topish uchun yaxshi do‘st bo‘lishingiz kerak. Qay yo‘sin bunga erisha olasiz?

Yaxshi do‘stlarga ega bo‘lish uchun yaxshi do‘st bo‘lishingiz darkor

BA’ZILARNING FIKRI: «Umuman do‘stingiz bo‘lmaganidan ko‘ra har qanday kishi bilan do‘stlashib ketish yaxshiroq».

  • Nima deb aytgan bo‘lardingiz?

XULOSA

Donolik ila do‘st tanlaganda, Yahovani mamnun qilamiz va o‘zimiz ham foyda olamiz.

Takrorlash

  • Nega qanday do‘st tanlaganimiz Yahova uchun muhim?

  • Qanday odamlar bilan do‘stlashmaslik kerak?

  • Qanday qilib sizga yaxshi ta’sir qiladigan odamlar bilan yaqin do‘st bo‘lishingiz mumkin?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Yaxshi do‘st og‘ir damlarda qay yo‘sin ko‘maklasha olishiga diqqat qarating.

«Oxirat yaqinlashar ekan, qalin do‘stlik rishtalarini rivojlantiring» («Qo‘riqchi minorasi» noyabr, 2019)

Qanday amaliy qadamlar yaxshi do‘st orttirishga va yaxshi do‘st bo‘lishga ko‘maklashishi mumkinligiga diqqat qarating.

«Qanday qilib yaxshi do‘stlar orttira olaman?» («Yoshlarning savollari. Amaliy maslahatlar», 1- jild, 8- bob)

Ijtimoiy tarmoqlarda do‘stlashish borasida nimani bilishingiz kerak?

«Ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalaning» 4:12

«Men otamga muhtoj edim» nomli tarjimai holdan bir kishi do‘st tanlash borasidagi nuqtai nazarini o‘zgartirganiga nima sabab bo‘lganiga diqqat qarating.

«Muqaddas Kitob hayotni o‘zgartiradi» («Qo‘riqchi minorasi» 1-aprel, 2012)