Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

43-DARS

Masihiylar spirtli ichimliklarga qanday nuqtai nazarda bo‘lishi kerak?

Masihiylar spirtli ichimliklarga qanday nuqtai nazarda bo‘lishi kerak?

Dunyo bo‘ylab odamlar spirtli ichimliklar borasida turli fikrda. Ba’zilar do‘stlar davrasida spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni yoqtiradi. Boshqalar umuman ichmaslikka qaror qiladi. Ayrimlar esa haddan tashqari ko‘p ichib mast bo‘ladi. Xo‘sh, Muqaddas Kitobda spirtli ichimliklar borasida nima deyilgan?

1. Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish noto‘g‘rimi?

Muqaddas Kitobda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish man etilmaydi. Aksincha, unda Xudo bizga taqdim etgan tuhfalar qatorida «inson ko‘nglini chog‘ qiladigan sharob» ham keltirilgan. (Zabur 104:14, 15) Muqaddas Kitobda tilga olingan ba’zi sadoqatli erkag-u ayollar spirtli ichimliklarni iste’mol qilgan. (1 Timo‘tiyga 5:23)

2. Ichkilik ichish borasida Muqaddas Kitobda qanday maslahat bor?

Yahova haddan ortiq ko‘p ichishni va ichkilikbozlikni qoralaydi. (Galatiyaliklarga 5:21) Uning Kalomida: «Sharobga ruju qo‘yganlarga... qo‘shilma»,— deyilgan. (Hikmatlar 23:20) Shunday ekan, kimdir bilan ichamizmi yoki yolg‘iz o‘zimizmi teran fikrlay olmaydigan, gaplarimiz-u xatti-harakatlarimizni nazorat qila olmaydigan yoki sog‘ligimizga zarar yetkazadigan darajada ichmasligimiz kerak. O‘zimizni tiya olmasak, ichishdan voz kechishga tayyor bo‘lishimiz lozim.

3. Spirtli ichimliklar borasida boshqalarning qarorini qay yo‘sin hurmat qila olamiz?

Ichish-ichmaslik borasida har bir kishi shaxsiy qaror chiqarishi darkor. Me’yorida ichadigan kishini hukm qilmasligimiz va ichmaydigan insonga bosim o‘tkazmasligimiz kerak. (Rimliklarga 14:10) Spirtli ichimlik ichishimiz boshqalarga muammo tug‘dirayotgan bo‘lsa, uni iste’mol qilmaymiz. (Rimliklarga 14:21 ni o‘qing.) Sababi «har kim o‘zining emas, o‘zganing manfaatini ko‘zlasin» degan so‘zlarga amal qilamiz. (1 Korinfliklarga 10:23, 24 ni o‘qing.)

KO‘PROQ BILIB OLING

Ichish-ichmaslik masalasida yoki spirtli ichimliklarni iste’mol qilayotgan bo‘lsangiz, qancha ichish borasida qaror chiqarishga ko‘maklashadigan prinsiplarga e’tibor bering. Qolaversa, ichkilik bilan muammoingiz bo‘lsa, nima qilishingiz mumkinligini bilib oling.

4. Ichish-ichmaslik borasida qaror chiqaring

Iso Masih spirtli ichimliklarni iste’mol qilish borasida qanday fikrda edi? Buni bilish uchun u ko‘rsatgan birinchi mo‘jizaga nazar soling. Yuhanno 2:1–11 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Bu voqeaga ko‘ra, Iso spirtli ichimliklarga va ularni iste’mol qiladigan kishilarga qanday nuqtai nazarda bo‘lgan?

  • Iso ichkilikni taqiqlamagan ekan, masihiylar spirtli ichimlik iste’mol qiladiganlarga qanday fikrda bo‘lishi kerak?

Biroq masihiyga spirtli ichimlikni ichish mumkinligi u doim ichishi oqilona degani emas. Hikmatlar 22:3 ni o‘qing, so‘ng quyidagi omillar ichish-ichmaslik qaroringizga qanday ta’sir qilishini o‘ylab ko‘ring:

  • transport vositasini boshqarganda yoki biron texnik uskunani ishlatganda;

  • homilador bo‘lganda;

  • shifokor ichmaslikni tavsiya qilganda;

  • qancha ichishni nazorat qila olmaganda;

  • davlat qonuni bo‘yicha ichish taqiqlanganda;

  • yoningizdagi kishi o‘tmishda ichkilik bilan muammosi bo‘lgani tufayli ichishdan bosh tortganida.

To‘y yoki o‘tirishlarda boshqalarni spirtli ichimliklar bilan mehmon qilsam bo‘ladimi? Bu borada qaror chiqarishingizga nima yordam berishini bilish uchun VIDEONI tomosha qiling.

Rimliklarga 13:13 va 1 Korinfliklarga 10:31, 32 ni o‘qing. Har bir oyatni o‘qigandan so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Qay yo‘sin bu prinsipga amal qilib Yahovani mamnun etadigan qaror chiqara olasiz?

Spirtli ichimlikka qaram bo‘lganlar mutaxassisga murojaat qilishi mumkin. Ko‘p shifokorlarning aytishicha, ichkilik bilan muammosi bo‘lganlar umuman ichmasligi lozim.

5. Qancha miqdorda ichishingizni hal qiling

Ichishga qaror qilsangiz, quyidagini yodda tuting: Yahova spirtli ichimlikni iste’mol qilishni qoralamasa-da, haddan oshiq ko‘p ichishni ma’qullamaydi. Nega? Ho‘sheya 4:11, 18 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Ko‘p ichish nimaga olib kelishi mumkin?

Ko‘p ichmaslikka nima yordam beradi? O‘z haddimizni bilish. Hikmatlar 11:2 va izohni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Nega qancha ichishingiz borasida chegara o‘rnatish oqilona bo‘lardi?

6. Ko‘p ichish odatini tashlash

Bir kishi ko‘p ichish odatini qanday tashlaganini ko‘ring. VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Videodan ko‘rganimizday, ichkilik Dmitriyning xulqiga qanday ta’sir qilgan?

  • U bunga darrov chek qo‘ya olganmi?

  • Qay yo‘sin u oxiri spirtli ichimlikka bo‘lgan qaramlikni yengdi?

1 Korinfliklarga 6:10, 11 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Ichkilikbozlik borasida Muqaddas Kitobda nima deyilgan?

  • Ko‘p ichadigan kishi o‘zgara olishi nimadan ko‘rinyapti?

Matto 5:30 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Qo‘lni chopib tashlash borasidagi misol Yahovani mamnun qilish uchun nimadandir voz kechish kerakligini ko‘rsatyapti. Ko‘p ichish muammosi bilan kurashayotgan bo‘lsangiz, qanday yo‘l tutishingiz mumkin? a

1 Korinfliklarga 15:33 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Ko‘p ichadiganlar bilan vaqt o‘tkazish bizga qanday ta’sir qiladi?

BA’ZILARNING SAVOLI: «Spirtli ichimliklarni ichish mumkin emasmi?»

  • Qanday javob berardingiz?

XULOSA

Yahova zavq olishimiz uchun spirtli ichimliklarni taqdim etgan, biroq U ularni suiiste’mol qilishimizni va ichkilikbozlikni qoralaydi.

Takrorlash

  • Muqaddas Kitobda ichkilik haqida nima deyilgan?

  • Ko‘p ichishning qanday xavfli tomonlari bor?

  • Ichish borasida boshqalarning qarorini qay yo‘sin hurmat qila olamiz?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Qanday qilib o‘smirlar spirtli ichimliklar borasida to‘g‘ri qaror chiqara oladi?

«Spirtli ichimliklar: oqibatini o‘ylang» 2:31

Ko‘p ichish muammosidan qutulish uchun qaysi qadamlarni qo‘yishingiz mumkinligini bilib oling.

«Spirtli ichimliklarga to‘g‘ri munosabatda bo‘ling» («Qo‘riqchi minorasi» 1-yanvar, 2010)

Qadah ko‘tarib, tabrik so‘zlarini aytishganida, masihiylar bunga qo‘shiladimi?

«O‘quvchilarning savollari» («Qo‘riqchi minorasi» 15-fevral, 2007)

«Tubsiz bochka edim» nomli tarjimai holdan qanday qilib bir kishi ichkilikni tashlagani to‘g‘risida o‘qib ko‘ring.

«Muqaddas Kitob hayotni o‘zgartiradi» («Qo‘riqchi minorasi» 1-may, 2012)

a Spirtli ichimlikka qaram bo‘lganlar mutaxassisga murojaat qilishi mumkin. Ko‘p shifokorlarning aytishicha, ichkilik bilan muammosi bo‘lganlar umuman ichmasligi lozim.