Asosiy materiallarga o‘tish

YOSHLARNING SAVOLLARI

Muqaddas Kitobdan qanday foyda olaman? 1-qism. Muqaddas Kitobni tadqiq qilish

Muqaddas Kitobdan qanday foyda olaman? 1-qism. Muqaddas Kitobni tadqiq qilish

 «Muqaddas Kitobni o‘qishga harakat qilganman, ammo juda katta kitob ekanini ko‘rib, yuragim orqaga tortardi». (Briana, 15 yosh)

 Sizda ham shunday tuyg‘ular bo‘ladimi? Ushbu maqola sizga qo‘l kelishi mumkin!

 Nima uchun Muqaddas Kitobni o‘qish kerak?

 Muqaddas Kitobni o‘qish zerikarlimi? Agar ha bo‘lsa, tushunarli. Muqaddas Kitob mayda harflari bor minglab sahifadan iborat va hech qanday rasmi yo‘q kitob, deb o‘ylarsiz. Televizor va videolar bilan solishtirganda, bu zerikarli tuyulishi mumkin.

 Lekin bir o‘ylab ko‘ring: bordi-yu, xazina solingan qadimgi sandiqqa duch kelsangiz, ichida nima bor ekan, deb qiziqasizmi?

 Muqaddas Kitob aynan shunday xazina solingan sandiqqa o‘xshaydi. U yerda donolikka ega bo‘lishingizga yordam beradigan ko‘p marvaridlar bor. Masalan:

  •   to‘g‘ri qaror qabul qilish;

  •   ota-ona bilan til topishish;

  •   eng yaxshi do‘stlarni topish;

  •   stressni yengish.

 Ushbu qadimiy kitob qay yo‘sin bugungi kunda shunchalik amaliy bo‘lishi mumkin? Chunki «Muqaddas Yozuvlarning hammasi Xudo tomonidan ilhomlantirilgan». (2 Timo‘tiyga 3:16) Bu Muqaddas Kitobdagi maslahatlar eng ishonchli Shaxsdan ekanini anglatadi.

Muqaddas Kitob dono bo‘lishga yordam beradigan marvaridlarga to‘la sandiq kabidir

 Muqaddas Kitobni qay yo‘sin o‘qishim kerak?

 Yo‘llaridan biri — Muqaddas Kitobni boshidan oxirigacha o‘qib chiqish. Bu tufayli Muqaddas Kitobda nima yozilgani borasida tasavvurga ega bo‘lasiz. Uni turli usullar yordamida o‘qish mumkin. Quyidagi ikkita usulga e’tibor bering:

  •    66ta kitobni birin-ketin tartib bilan Ibtidodan Vahiygacha o‘qib chiqishingiz mumkin.

  •    Shuningdek, Muqaddas Kitobni xronologik tartibda, ya’ni o‘zaro bog‘liq voqealarni sodir bo‘lish tartibi bo‘yicha o‘qishingiz mumkin.

 Maslahat: «Yangi dunyo tarjimasi»ning A7 ilovasidan Isoning yerdagi hayotining asosiy hodisalari xronologik tartibda keltirilgan ma’lumotni topishingiz mumkin.

 Muqaddas Kitobni o‘qishning ikkinchi yo‘li siz duch kelayotgan qiyinchiliklar bilan bog‘liq voqealarni topish. Misol uchun:

  •   Ishonchli do‘stlar orttirishni istaysizmi? Yo‘natan va Dovudning hikoyasini o‘qing. (1 Shohlar 18–20-boblar) Dovudning qaysi fazilatlari Yo‘natan bilan yaqin munosabatlarga ega bo‘lishiga yordam bergan?

  •   Vasvasaga qarshi turish qaroringizni mustahkamlashni istaysizmi? Qay yo‘sin Yusuf vasvasaga qarshi turgani haqida o‘qib ko‘ring. (Ibtido 39-bob) Yusufga vasvasaga qarshi turish uchun qayerdan kuch olgan?

  •   Ibodat orqali qanday yordam olishingiz mumkinligini bilmoqchimisiz? Naximiyo bilan yuz bergan voqeani o‘qib ko‘ring. (Naximiyo 1- va 2- boblar) Uning ibodatlari qay yo‘sin bajo bo‘lganining tasdig‘ini bilib oling.

 Maslahat: Muqaddas Kitobni o‘qiyotganingizda chalg‘imaslik uchun tinch joyni tanlang.

 Muqaddas Kitobni o‘qishning uchinchi yo‘li biron voqea yoki sanoni mutolaa qilib, so‘ng bilib olganlaringiz sizga qanday tegishli ekani borasida mulohaza yuritishdir. O‘qib bo‘lgach, o‘zingizga quyidagiga o‘xshash savollarni bering:

  •    Nega Yahova bu Muqaddas Kitobda yozib qoldirilishiga g‘amxo‘rlik qildi?

  •    Bu Yahovaning shaxsiyati yoki u qanday yo‘l tutishi borasida nimani ochib beryapti?

  •    Qay yo‘sin bu ma’lumotni amalda qo‘llay olaman?

 Maslahat: o‘zingizga maqsad qo‘ying! Qachondan Muqaddas Kitobni o‘qish dasturini boshlamoqchi ekaningizni yozib qo‘ying.